empty

Ishimoku indikatori (yoki Ishimoku Kinko Xayo – yap.: balansga bir onda nigoh tashlash), o'zida bir qator boshqa indikatorlarni va narx harakatini bashorat qilishga turli xil yondashuvlarni birlashtiruvchi indikator, u bozor trendini, qo'llab-quvvatlash darajalarini va qarshilikni aniqlash uchun va sotib olish hamda sotishning signallarini yaratish uchun mo'ljallangan. Indikator Yaponiyaning Nikkei fond indeksining haftalik va kunlik grafiklari harakatini bashorat qilish uchun tahlilchi Giochi Xisoda (taxallusi Sandjin Ishimoku) tomonidan avvalgi asrning 30-yillarida ishlab chiqilgan edi.

Tenkan-sen (burilish chizig'i; to'ntarilish chizig'i), narxning birinchi vaqt oralig'i ichidagi o'rtacha qiymatni ko'rsatib, u bu vaqt ichidagi maksimum va minimum yig'indisini ikkiga bo'lish bilan aniqlanadi. U qisqa muddatli joriy tendentsiyaning yo'nalishini ko'rsatadi.

Kijun-sen (asosiy chiziq; standart chizig'i), ko'k rang bilan belgilangan, ikkinchi vaqt oralig'i ichidagi narxning o'rtacha qiymatini ko'rsatadi, u bozor harakatining ko'rsatkichi tarzida foydalaniladi. Agar chiziq yuqori tomon harakatlansa, u holda bozor buqaniki, agar pastga tomon harakatlansa - ayiqniki.

Senkou A (oldinga tomon sakrab boruvchi chiziq) - oldinga tomon ikkinchi intervali kattaligiga siljitilgan avvalgi ikki chiziq orasidagi masofaning o'rtasini ko'rasatadi.

Senkou B (oldinga tomon sakrab boruvchi chiziq) - oldinga tomon ikkinchi vaqt oralig'i kattaligiga siljitilgan uchinchi vaqt oralig'i ichidagi narxning o'rtacha qiymatini ko'rsatadi.

Kumo (bulut) – ikkita ilgarilab ketuvchi chiziq orasidagi shtrixlangan soha. Agar narx shu chiziqlar orasida joylashgan bo'lsa, u holda bozor trendsiz deb hisoblanadi va bulutning chetlari qo'llab-quvvatlashni va qarshilik ko'rsatishni hosil qiladi. Agar narx bulutning ustida turgan bo'lsa, u holda uning yuqori chizig'i birinchi qo'llab-quvvatlashni hosil qiladi, ikkinchisi esa - ikkinchi qo'llab-quvvatlash hosil qiladi. Agar narx bulut ostida joylashgan bo'lsa, u holda pastki chiziq birinchi qarshilikni hosil qiladi, yuqoridagisi esa ikkinchi qarshilikni hosil qiladi.

Chinkou Span (kechikuvchi chiziq) - orqaga ikkinchi vaqt oralig'i kattaligiga siljitilgan yopilish narxlari grafigi. Agar Chinkou Span chizig'i narx grafigini pastdan yuqoriga tomon kesib o'tsa, bu xarid qilish uchun signal bo'ladi. Agar yuqoridan pastga qarab kesib o'tsa - sotish uchun signal bo'ladi.

Tenkan-sen, Kijun-sen va Senkou chiziqlari birgalikda foydalanganda MACD indikatorining analogi hisoblanadi. O'z navbatida Chinkou Span MetaTrader4 savdo platformasining standart Momentum indikatori bilan bir xil.

Grafiklarni yasash uchun muallif yuqorida tavsiflab o'tilgan chiziqlarning - 9, 26, 52, 26 qiymatlarini ketma-ket berib borishni maslahat beradi. Aynan ana shu ma'lumotlar Yaponiyaning fond bozorida haftalik savdo uchun eng yaxshi tarzda to'g'ri keladi. Ma'lumotlar boshqa taymfreymlar va bozorlar uchun maqbuldir.

Indikatorning signallari

Tenkan va Kijunning pastdan yuqoriga qarab kesishishi xarid qilish uchun bitimning ochilishi to'g'risida signal beradi, yuqoridan pastga qarab kesishish esa - sotishga bitimning ochilishi to'g'risida signal beradi.

Senkou A va Senkou Bning pastdan yuqoriga tomon kesishishi xarid qilishga, yuqoridan pastga tomon kesishishi - sotishga signal beradi.

Narx grafigi va Ishimoku indikatori chiziqlarining pastdan yuqoriga tomon kesishishi xarid qilish uchun qulay payt kelgani to'g'risida, yuqoridan pastga tomon kesishishi esa sotishu uchun qulay fursat kelgani to'g'risida signal beradi.

Chikou chizig'ining narx grafigini pastdan yuqoriga tomon kesib o'tishi xarid qilishga, yuqoridan pastga qarab kesib o'tishi sotish uchun signal bo'ladi.

Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок
 

Dear visitor,

Your IP address shows that you are currently located in the USA. If you are a resident of the United States, you are prohibited from using the services of InstaFintech Group including online trading, online transfers, deposit/withdrawal of funds, etc.

If you think you are seeing this message by mistake and your location is not the US, kindly proceed to the website. Otherwise, you must leave the website in order to comply with government restrictions.

Why does your IP address show your location as the USA?

  • - you are using a VPN provided by a hosting company based in the United States;
  • - your IP does not have proper WHOIS records;
  • - an error occurred in the WHOIS geolocation database.

Please confirm whether you are a US resident or not by clicking the relevant button below. If you choose the wrong option, being a US resident, you will not be able to open an account with InstaForex anyway.

We are sorry for any inconvenience caused by this message.