Alligator texnik indikatori Bill Vilyamsning kitoblari tofayli mashhur bo'lgan. Bu kitoblarda Bill Vilyams bozorlar asosiy vaqtda fletda bo'ladi, ya'ni hech qaerga harakatlanmaydi, deb yozgan. Bozorda faqat butun vaqtning 15–30% davomida trend kuzatiladi. Aynan ana shu davrlarda narxning yo'naltirilgan harakatida treyderlar maksimal daromad olishadi. Alligator indikatori bozorning ma'lum bir paytdagi holatini baholashga va unga kirish uchun qulay vaqt tanlab olishga imkon beradi.
Grafikda Alligator texnik indikatori frakal geometriya va nochiziqli dinamikadan foydalanuvchi "Balans chiziqlari" (Sirpanuvchi o'rtachalar, Moving Averages) kombinatsiyasini ifodalaydi.
- Ko'k chiziq (Alligator jag'i) — bu vaqt davri uchun balans chizig'i bo'lib, u grafikni yasash foydalanilgan (kelajakka 8 bar surilgan 13 davrli silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha).
- Qizil chiziq (Alligator tishlari) — bu bir pog'ona past muhim vaqt davri uchun balans chizig'i (kelajakka 5 bar surilgan 8 davrli silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha).
- Yashil chiziq (Alligator lablari) — yana bir pog'ona past bo'lgan muhim vaqt davri uchun Balans chizig'i (kelajakka 3 bar surilgan 5 davrli silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha).
Alligatorning Lablari, Tishlari va Jag'i turli vaqt oraliqlarining o'zaro munosabatlarini ko'rsatadi. Bozorda trendlarni faqat 15-30% vaqt mobaynida ajratish mumkin bo'lgani uchun trendlarga amal qilish va ma'lum bir narxlar oralig'ida o'zgaruvchi bozorlarda ishlamaslik zarur.
Jag', Tishlar va Lablar yopiq bo'lganda yoki chirmashib ketganda Alligator uxlashga tayrganlik ko'radi yoki uxlagan bo'ladi. U uxlaganda uning ochligi kuchayadi - u qanchalik ko'p uxlasa, uyg'onganda shunchalik och bo'ladi. U uyg'onganda qiladigan birinchi harakati Og'zini ochadi. Shundan so'ng Alligator bozorda "buqalar" yoki "ayiqlar"ning paydo bo'lishini kuta boshlaydi va ovni boshlaydi. Alligator ochligini qanoatlantirganida, u narxga bo'lgan qiziqishini yo'qotadi - bu holat Balans chiziqlari yaqinlashishida ko'rinadi. Keyin foydani qayd qilish uchun vaqt keladi.
Hisoblash
MEDIAN PRICE = (HIGH + LOW) / 2
ALLIGATORS JAW = SMMA (MEDIAN PRICE, 13, 8)
ALLIGATORS TEETH = SMMA (MEDIAN PRICE, 8, 5)
ALLIGATORS LIPS = SMMA (MEDIAN PRICE, 5, 3)
Bu yerda:
MEDIAN PRICE — median narx;
HIGH — barning maksimal narxi;
LOW — barning minimal narxi;
SMMA (A, B, C) — silliqlangan sirpanuvchi o'rtacha. A parametr — silliqlanadigan ma'lumotlar, V — silliqlash davri, C — kelajakka surish. Masalan, SMMA (MEDIAN PRICE, 5, 3) silliqlangan sirpanuvchi median narxdan olinishini anglatadi, bunda silliqlash davri 5 barga, siljitish esa 3 barga teng;
ALLIGATORS JAW — Alligator Jag'lari (ko'k chiziq);
ALLIGATORS TEETH — Alligator Tishlari (qizil chiziq);
ALLIGATORS LIPS — Alligator Lablari (yashil chiziq).
The InstaForex Analyst Team
GK InstaFintech © 2007-2024