empty
 
 

Tavsifi

Day Channel kanalli indikator oldingi savdo kunining maksimumlari va minimumlari asosida hisoblanadigan indikatorning bir turini ifoda etadi. Mazkur indikator faqat qisqa muddatli (M30 dan va undan past) taymfreymlarda qo'llaniladi. Undan foydalanishdan maqsad qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatish qisqa muddatli darajalarini moliya aktivlarida identifikatsiya qilish hisoblanadi.

Hisoblash formulasi

Indikatorni hisoblash uchun oldingi kunning maksimumidan uning minimumi ayrilib tashlanadi, hosil bo'lgan interval 5 ta darajaga bo'linadi, bu yerda:

Line 1 – min

Line 2 – 38.2% (line 3:line 1)

Line 3 – 50% (max:min)

Line 4 – 61.8% (line 5:line 3)

Line 5 (max)

Savdoda qo'lllanilishi

Day Channel kompyuter indikatori treyderga xarid qilishga yoki sotishga bitimlarni ochishi mumkin bo'ladigan muhim qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatish qisqa muddatli darajalarini identifikatsiya qilishga imkon beradi, ulardan treyder xarid qilishga yoki sotishga bitimlar ochishi mumkin, chunki metatreyder uchun Day Channel indikatori darajalari narx uchun kuchli kunichi to'sig'i sifatida ishtirok etadi.

Day Channel indikatorini hisoblash g'oyasi boshqa kanalli indikatorlarning tamoyillariga o'xshaydi, biroq bu yerda muhim omil indikator chiziqlari Fibonachchi proporsiyalari asosida quriladi va asosiy daraja pivot-point (kunichi burilish nuqtasi) ko'rinishida ishtirok etuvchi Line 3 (50%) daraja hisoblanadi.

Savdoda mazkur indikatordan foydalanish uchun treyder Day Channel indikatori narxning o'zgarishini ko'rsatuvchi, lekin bunday o'zgarish bundan keyin yuz berishi to'g'risida habar bermaydigan tasdiqlovchi indikator hisoblanadi. Savdoda muvaffaqiyatning ehtimolini oshirish uchun tahlil qilishning qo'shimcha uslublaridan, jumladan shamli tahlil uslubidan indikator darajalarida o'zgarish modellarini aniqlashda foydalanish zarur.

Day Channel indikatorining eng kuchli darajalari 1, 3 (pivot-point) va 5 hisoblanadi, chunki oldingi kunning chegaralari, ya'ni maksimum va minimumlari narx uchun kuchli to'siq hisoblanadi, ayniqsa moliya aktivida flet mavjud bo'lganda.

2 va 4 darajalar faqat qisqa muddatli qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatish sifatidagina ishtirok etadi, ularda narx harakati rivojlanishida sof pozitsiyalarni ochish emas, balki ko'shimcha pozitsiyalar o'rinlidir.

Day Channel indikatori

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback