empty
 
 

Tavsifi

Camarilla Equationning qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatish darajalari va ularni hisoblash usullari 1989 yilda treyder Nik Skot tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab mazkur texnik vosita obligatsiyalar bozorining kun ichidagi tebranishlarida savdo qilish uchun foydalanildi, biroq vaqt o'tishi bilan u Forex bozorining valyuta fyucherslari va spot-valyutasi bilan savdo qilishga ham tarqaldi.

Hisoblash formulasi

  • P = (yesterday_high + yesterday_low + yesterday_close)/3;

  • R1 = (2*P)-yesterday_low;

  • S1 = (2*P)-yesterday_high;

  • R2 = P-S1+R1;

  • S2 = P-R1+S1;

  • R3 = (2*P)+(yesterday_high-(2*yesterday_low));

  • S3 = (2*P)-((2* yesterday_high)-yesterday_low);

  • R4 = (3*P)+(yesterday_high-(3*yesterday_low));

  • S4 = (3*P)-((3* yesterday_high)-yesterday_low), bu yerda


P - Pivot darajasi, yesterday_high - oldingi kunning High narxi, yesterday_low - oldingi kunning Low narxi, yesterday_close - oldingi kunning Close narxi, R1..R4 i S1..S4 - mos ravishda qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish darajalari.

Savdoda qo'llanilishi

Camarilla Equation tizimi darajalari Pivot Point, Vudi darajalari, DeMark darajalari, Fibonachchining kun ichi darajalari va h.k. darajalar kabi pivot darajalarini (ya'ni ekstimal narx o'zgarishlarini, burib ketishlarini kutish mumkin bo'lgan darajalarni) aniqlab beruvchi boshqa texnik vositalar bilan qurish va foydalanish mantiqiga ko'ra o'xshash. Biroq, ularning asosiy afzalligi shundan iboratki, ular kun ichi oraliqlarida narxlarning eng kuchli o'zgarish darajalarini ko'rsatadi. Buning oqibatida savdoda Camarilla Equation vositasining qo'llanilishi M15, M30, taymfreymlardar dolzarb, H1 da esa juda kamdir.

Indikatorning markaziy chizig'i — Pivot Point, bu "aylanish" darajasidir. Valyuta bozorida trendli harakat mavjud bo'lmasligi bilan kechuvchi klassik savdo kunida narx mazkur daraja atrofida o'zgarib turadi, va kuchli uzoqlashganda savdo kunining tugashigacha aylanish nuqtasiga qaytib kelishga intiladi.

R1 va S1 darajalar "bufer zona" ni tashkil etadi, uning ichida narx ko'p vaqt o'tkazadi. Savdoning optimal varianti mazkur qo'llab-quvvatlash /qarshilik darajalaridan sapchib qaytish ishi hisoblanadi. Kirish filtrlarnishi istagan ustuvor usullar bilan amalga oshirilishi mumkin, ammo ko'pincha kirish uchun zarur darajani tanlash uchun harakatning umumiy yo'nalishini tushunish etarli: R1 yoki S1.

Bu darajalarning teshishlishi narxning R2 yoki S2 darajaga etishi mumkinligidan dalolat beradi, biroq shuni tushunib olish zarurki, narx kun ichida aylanish chizig'idan qancha uzoqroqqa ketsa, u holda narxning yopilishigacha Pivot Pointga qaytish ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi.

Asosiy narx burilishlari R2, R3 va S2, S3 darajalarida yuz beradi. Bu darajalardan bitimga turib, stop-lossni mos ravishda R4 va S4 darajalarda joylashtirish zarur.

Camarilla Equation har kuni avvalgi kun yopilishidagi narx asosida avtomatik ravishda hisob-kitob qiladi.

Kamarilya darajalari

InstaForeks Camarilla Equation indikatorining parametrlari

Alerts = false

GMTshiftSun = 1.0

GMTshift = 0.0

pivot = true

StandardPivots = true

ListStandardPivots = true

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback