empty
 
 

Valyuta kursi darajasining harakatiga nima ta'sir ko'rsatadi?

1. Aniq bir ma'lumotlarning chiqishini kutish kabi ularning bevosita chiqishi ham. "Ma'lumotlar" deganda savdo qilinayotgan valyuta milliy valyuta bo'lib hisoblangan mamlakatlarning iqtisodiy indikatorlarini nashr etish, ularda foiz stavkalarining o'zgarishi to'g'risidagi yangiliklar, iqtisodiy vaziyatlarning sharhi va valyutalar bozoriga ta'sir ko'rsatadigan boshqa muhim voqealar tushuniladi.

Voqea sodir bo'lishi oldidagi vaqt va uning keyin sodir bo'lishi vaqti valyuta kursi darajasining harakatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ba'zan valyuta kurslari harakatiga aynan nima katta ta'sir ko'rsatishini aytish ancha qiyin bo'ladi - voqeani kutishmi yoki voqeaning boshlanishimi, biroq agar voqea ancha jiddiy bo'lsa, u holda u doim valyuta kurslarining katta harakatlariga olib keladi, bular uzoq vaqt davom etishi mumkin.

Bo'ladigan voqeaning yoki chiqayotgan yangilikning vatqi oldindan nashr qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy voqealarning taqvimlari ham borki, ularda u yoki bu davlatda yuz berishi mumkin bo'lgan eng muhim voqealar vaqti va sanasini ko'rsatgan holda muntazam chop etib boriladi. Voqea chiqishidan oldin tahliliy prognozlar chop etilib, unda bu voqealar valyutalarning aniq kursining bundan keyingi harakatiga qanday ta'sir ko'rsatishi mumkinligi to'g'risida taxminlar keltiriladi. Shuning uchun voqea sodir bo'lishidan oldin tahliliy prognozda ko'rsatilgan yo'nalishda kurs o'zgara boshlaydi va ko'pincha yangiliklar nashr etilgandan so'ng (agar ular kutilayotganga mos kelsa) valyuta kursining harakati qarama-qarshi yo'nalishda ketadi. Bu holat voqeani yoki yangilikni kutish paytida ochilgan pozitsiyaning yopilishi (ular bo'yicha foyda olininishi) sababli yuz beradi.

2. Fond faoliyati (investitsiya, pensiya, sug'urta jamg'armalari) valyuta kurslarining uzoq muddatli harakatiga ta'sir ko'rsatish bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi. Fond faoliyatiga turli xil voqealarga investitsiyalarni amalga oshirish kiradi. Ular o'zida ulkan kapitalga ega bo'lgani tufayli valyutalar kursini ma'lum bir yo'nalishda yo'naltirishi mumkin. Fondlarda kapitalni boshqarish fond menedjerlari tomonidan amalga oshiriladi.

Barcha menedjerlarda o'z ish uslubi bor, shuning uchun menejer ochgan pozitsiya qisqa muddatli, o'rtacha muddatli yoki uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Pozitsiyalarni ochish bo'yicha qarorni ular moliya bozorini jiddiy tahlil (fundamental, texnik va boshqalar) qilganlaridan so'nggina qabul qilinadi. Fond menedjerlari voqealar, indekslar, yangiliklarning oqibatlarini oldindan ko'ra bilishlari yo'li bilan o'zlari uchun kerakli yo'nalishda pozitsiyalarni ochib, birinchi bo'lishga o'ynashadi. Bozor qanday bo'lmasin, uni tahlil qilish 100% aniq natija bera olmaydi, ammo katta kapital va savdo qilishning ishlab chiqilgan tizimiga ega bo'lgan holda fondlar ishni boshlab berishlari, tuzatish kiritishlari va eng kuchli trendlarni kuchaytirishlari mumkin.

3. Eksport va importga ishlovchi kompaniyalar Foreks bozorida sof foydalanuvchilar sifatida ishtirok etib, ularning faoliyati valyuta kursi drajalarining harakatiga ta'sir ko'rsatadi. Bu holat eksportchilarning chet el valyutasi sotishga va importchilarning ularni sotib olishga doimiy ravishda qiziqishlari bilan bog'liq. Eksport va import kabi operatsiyalar bilan shug'ullanuvchi obro'li firmalarda tahlilchilarning alohida bo'lishlari bor bo'lib, ularning vazifasi chet el valyutasini kompaniya uchun foydali narxlarda bundan keyin keyin sotib olish yoki sotish uchun valyutalar kursini prognozlash hisoblanadi.

Eksportchilar va importchilarga shuningdek valyuta xavflarini xedjlash nuqtai nazaridan trendlarni kuzatib borish juda muhimdir. Kelajakdagiga qarama-qarshi bo'lgan bitimni ochishda xavfning bu turi minimallashtiriladi. Eksportchilar va importchilarning bozorga ko'rsatadigan ta'siri qisqa muddatli va ularning operatsiyalari valyuta bozorining umumiy hajmlariga nisbatan juda kam ahamiyatli bo'lgan sababli global trendlar yaratmaydi.

4. Siyosiy arboblarning uchrashuvlarda, press-konferensiyalarda, sammitlarda ma'ruzalar bilan chiqishlarida aytilgan fikrlari valyuta kursi darajasining harakatiga kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bunday fikrlarning ta'sir kuchini iqtisodiy indikatorlarning ta'sir kuchi bilan taqqoslash mumkin.

Ko'pchilik hollarda bunday chiqishlarning vaqti va sanasi oldindan ma'lum bo'ladi. Ma'ruzalar nashr etilishidan oldin ular bozordagi vaziyatga kelajakda qanday ta'sir bo'lishi to'g'risida prognozlar paydo bo'ladi. Ammo ba'zida aytilgan fikrlar bozr uchun tasodifiy bo'lib qoladi va bunday fikrlardan so'ng bozorda valyuta kursi darajasining kuchli, ko'pincha oldindan bilib bo'lmaydigan harakatlari boshlanadi. Agar aytilgan fikrlar uzoq muddatli oqibatlar to'g'risida gap borsa (foiz stavkalarining o'zgarishi, davlat byudjetini shakllantirish va h.k.), u holda ular uzoq muddatli trendni uyushtirishlari mumkin.

Kurs kritik darajada turgan paytlarda chiqishlarda aytilgan fikrlar markaziy banklarning intervensiyasini yuzaga keltirishi mumkin. Bu voqea bozorga juda kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bir necha minut ichidayoq valyuta kursi intervensiya yo'nalishi tomoniga bir necha yuzlab punkt o'tishi mumkin.

5. Bozorga davlat tomonidan ta'sir ko'rsatishi markaziy banklar yordamida amalga oshiriladi. Biror davlatning Markaziy banki valyutalar almashuvi operatsiyasida (chet el valyutasini sotib olish va sotishda) to'la aralashmaganda mamlakatning ichki valyutasi "erkin suzish" deb ataluvchi holatda bo'ladi. Biroq bunday holat juda kamdan-kam bo'ladi. Bunday kursga ega mamlakatlar bazida valyutalar bilan operatsiyalar o'tkazish bilan kursga ta'sir ko'rsatishga harakat qilishmoqda.

Iste'molni oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishga manfaatdor bo'lgan davlatlar valyuta kurslarini tartibga solish bilan shug'ullanishadi. Ko'pincha ular bilvosita va bevosita tartibga solishdan foydalanadilar. Bilvosita tartibga solish inflyatsiya darajasini, aylanishda bo'lgan pul miqdori va h.k.larni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bevosita tartibga solishga diskont siyosat va valyutalar bozorida valyuta intervensiyasi tegishlidir. Valyutalar interventsiyasi xalqaro bozorlardan katta hajmdagi valyutani keskin tashlash va olib ko'yish bilan bog'liqdir. Markaziy bank valyutalar bozoriga to'g'ridan-to'g'ri chiqmasdan, balki tijorat banklari orqali chiqadi. Hajmlar milliardlab dollarni tashkil etadi, shu sababga ko'ra investitsiyalar valyuta kursi darajasining harakatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Ba'zida turli mamlakatlarning markaziy banklari valyutalar bozorida birgalikda intervensiyalar o'tkazishadi.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback