empty
 
 

HMA_histogram (HMA) indikatori Allan Xall (Alan Hull)ning klassik HMA indikatorining variatsiyasi hisoblandi va MACD indikatori gistogrammasiga o'xshash gistogramma ko'rinishida tayyorlangan.

Hisoblash formulasi

HMA(n) = WMA(2*WMA(n/2) – WMA(n)),sqrt(n))

Savdoda qo'llanilishi

HMA_histogram indikatori yaqqol gistogramma ko'rinishida bajarilgan trendli indikatordan iborat bo'lib, uning barlari narx harakati yo'nalishlarini (ko'k bar - narxning ko'tarilishi, qizil - tushishini), shuningdek bozorga kirish nuqtalarini ko'rsatadi.

Agar bozorda umumiy ko'tariluvchi yo'nalish kuzatilayotgan bo'lsa HMA_histogram indikatori rangini qizildan ko'kka o'zgartirgan bo'lsa, aktivni xarid qilish kerak, chunki bundan keyin narx umumiy ko'tariluvchi trend doirasida o'sishi mumkin. Indikator rangining almashishi bozorga kirish uchun signal hisoblanadi.

Agar bozorda umumi pastga tushuvchi yo'nalish kuzatilsa va HMA_histogram indikatori rangini ko'kdan qizilga o'zgartirsa, u holda aktivlarni sotish zarur, chunki bundan keyin umumiy pastga tushuvchi trend doirasida narx pasayishi mumkin. Indikator rangining almashishi bozorga kirish uchun signal hisoblanadi.

Mazkur indikatorning hususiyati shundan iboratki, u narxdagi o'zgarishlarini tekislabgina qolmay, balki signallarning "kechikish" omilini bartaraf etishga imkon beradi. Bu samaraga indikatorni hisoblashdagi xususiyatlari hisobiga erishishi imkoni bo'ldi. Shunday qilib, treyder metatreyder uchun HMA_histogram indikatoridan xarid qilish yoki sotishga bozorga kirish zarurligi to'g'risida kechikuvchi signalni berishidan havotir olmasdan foydalanshi mumkin.

Savdoda Xallning kompyuter indikatoridan foydalanishdan tashqari, HMA_histogramni bozorga kirish uchun filtr tariqasida ham qo'llash mumkin, bitimlarni esa boshqa indikatorlar bilan tahlil qilish uslublari asosida ochish mumkin. Bu holda gistogramma bitimdan chiqish uchun qo'llanilishi mumkin: indikator rangi qarama-qarshiga almashganda narx harakati yo'nalishida ochilgan bitimni yopish zarur va bozorga kirish uchun yangi signalni kutish zarur.

HMA_histogram indikatori

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback