empty
 
 

Tavsifi

"Sirpanuvchi o'rtachalarning yaqinlashishi/tarqalishi" texnik indikatori 1979 yilda Jerald Appel tomonidan ishlab chiqilib, tovar-xomashyo va fond birjalarida ishlash uchun foydalanilgan edi. Indikatorning mazkur versiyasi MACD gistogrammasi va asosiy hamda signal chizig'idan iborat bo'lgan klassik indikatorning qo'shilishidan tashkil topgandir.

Hisoblash formulasi

MACD = (ЕМАs(P) — EMAl(P)),

Signal = SМАa(ЕМАs(P) — EMAl(P)), bu yerda


EMAl(P) — narx bo'yicha uzun davrli eksponensial sirpanuvchi o'rtacha;

EMAs(P) — narx bo'yicha qisqa davrli eksponensial sirpanuvchi o'rtacha;

SMAa(P) — boshqa ikki o'rtacha bo'yicha silliqlashtiruvchi qisqa sirpanuvchi o'rtacha;

P — close narxi.

Savdoda qo'llanilishi

Bozoring klassik MACD ossillyatori shunday indikatorlar sirasiga kiradiki, ular fletli harakatlar davrida ham, yo'naltirilgan trendda ham bir xil kuch darajasida ishlaydi. Faqat yon tomonga bo'ladigan narx o'zgarishlari davrida foydalaniladigan Stoxastik ossillyatorga nisbatan MACD indikatori undan treydingda foydalanish masalasida multivariativ hisoblanadi.

MACD indikatorini shakllantiradigan asosiy signal indikatorining asosiy chizig'i bilan kesishishi hisoblanadi.

Agar signal chizig'i (qizil chiziq) asosiy chiziqni (ko'k chiziqni) pastdan yuqoriga qarab kesib o'tsa, uzun pozitsiyalarni ochishga signal paydo bo'ladi. Yo'naltirilgan trendda bitimning yopilishini indikator chiziqlarining teskari yo'nalishda kesishida amalga oshirish zarur.

Agar signal chizig'i (qizil chiziq) asosiy chiziqni (ko'k chiziqni) yuqoirdan pastga qarab kesib o'tsa, u holda qisqa pozitsiyalarni ochishga signal paydo bo'ladi. Yo'naltirilgan trendda bitimning yopilishini indikator chiziqlarining teskari kesishida amalga oshirish zarur.

FullMACD indikatorida qiynalmasdan divergensiya va konvergensiyalarni ajratib olish mumkin, buni indikator signal liniyalari asosida ham, gistogramma barlari cho'qqilari asosida ham ajratib olish mumkin.

Gistogrammalarning rangi ustuvor an'ana to'g'risida tasavvur beradi: qizil bar hozir aktivda sotuvlar ustuvor ekanidan dalolat bersa, bunda ko'k bar xaridlar qilish zarurligini ko'rsatadi. Bu masalada muhim omil bar rangining ko'kdan qizilga va aksincha o'zgarishi hisoblanadi. FullMACD indikatorida gistogrammaning nol chizig'ini kesib o'tishi o'rtacha muddatli trendning qarama-qarshi yo'nalishiga almashinishidan dalolat beradi.

FullMACD indikatori

InstaForex FullMACD indikatorining parametrlari

Fast_MA_Period = 12

Slow_MA_Period = 26

Signal_MA_Period = 9

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback