empty
 
 

"Uchib yuqoriga ko'tarilgan ikki qarg'a" burilish modeli grafikda faqat ko'tariluvchi trendda paydo bo'ladi. Mazkur shamli model — bu ikkinchi uncha katta bo'lmagan qora sham (uchinchi kun) bilan undan oldin keluvchi birinchi jism o'rtasidagi uzilishdir. Mazkur kombinatsiya ayiq xususiyatiga ega.

Model ikkinchi qora shamning ochilish narxini birinchi qora shamning ochilish narxidan yuqori bo'lishini, yopilish narxi esa birinchi shamning yopilish narxidan pastda bo'lishini ifodalaydi. Oq va qora shamlar orasida albatta uzilish bo'lishi kerak. Uchinchi sham esa ikkinchisidan yuqorida ochiladi va uni yutadi.

Modelni qanday aniqlab olish mumkin?

  • Ko'tariluvchi trend uzun oq sham bilan davom etadi;
  • Oq shamdan so'ng qora sham yuqoriga uzilish bilan shakllanadi;
  • Birinchi qora shamning ochilish narxlari, yopilish narxi esa birinchi qora shamning yopilish narxidan pastda turadi, uning tanasi esa birinchi qora shamni yutadi;
  • Ikkinchi qora shamning yopilish narxi uzun oq shamning yopilish narxidan yuqori bo'lib qoladi.

Modelning senariysi va psixologiyasi

Boshqa ayiq modellaridagi kabi, avval grafikda oq sham paydo bo'ladi. Keyingi kuni savdo yuqoriga tomon uzilish bilan boshlanadi, biroq narxlar ortmaydi va qora shamni shakllantirib, ochilish darajasidan pastroqda yopiladi.

Keyingi sessiyaning ochilishida narxlar yana ham yuqorida ochiladi, keyin esa avvalgi kun yopilish darajasidan pastda yopilish uchun pastga tushadi. Bunda yopilish narxi hali ham birinchi oq kunning yopilish narxidan yuqorida bo'ladi. Bu paytda buqa kayfiyati so'nadi.

Modelning moslashuvchanligi

"Uchib yuqoriga ko'tarilgan ikki qarg'a" shamli model ancha qattiq model hisoblanadi. Agar ikkinchi qora kuni oq sham tanasining ichida yopilish yuzaga kelgan holda model ikkita qarg'a modeliga aylangan bo'lar edi.

Modelning shakl almashishi

"Uchib yuqoriga ko'tarilgan ikki qarg'a" modeli bitta shamga keltirilib, uning oq tanasi birinchi kundagi oq tanadan huddi yuqori soyaga o'xshash uzunroqdir.

Bu model asosida harakatga tushishdan avval uning tasdiqlanishini kutish kerak, chunki model to'liq ravishda ayiq modeli bo'lib hisoblanmaydi.

O'xshash modellar

Uchinchi kunning qora tanasi ikkinchi kun ochilish narxidan pastroqda ochilishi mumkin bo'lmasa, u holda bu shu modelni "Tatamida ushlab turish" modelidan farqlantiradi. Dastlabki ikki kunda esa modellar uchinchi kuni nimalar bo'lishiga bog'liq holda kechki yulduzga aylanishi mumkin.

Uchib yuqoriga ko'tarilgan ikki qarg'a

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback