empty
 
 

Dollar indeksi - bu oltita (EUR, CAD, GBP, JPY, CHF i SEK) asosiy jahon valyutalari kurslarining AQSh dollariga nisbatan o'zgarishining o'rtacha ko'rsatkichi. Dollar indeksi 1973 yilda boshlang'ich qiymati 100 bilan kiritilgan edi. Uni hisoblash qoidalari o'zgarib turdi — 1999 yilda evroning kiritilishini hisobga olish uchun. Dollar indeksi bo'yicha savdolar NYBOT tovar birjasida tunu-kun amalga oshiriladi.

Ҳисоблаш формуласи

USDx = 50,14348112 * EURUSD(0,576)* USDJPY(0,136) * GBPUSD(-0,119) * USDCAD(0,091) * USDSEK(0,042) * USDCHF(0,036)

Savdoda qo'llanishi

USDindex kompyuter indikatori dollar indeksining asosiy jahon valyutalari korzinasiga nisbatan o'zgarish dinamikasini yaqqol aniqlashga imkon beradi.

Indikatorning savdoda Metatrader uchun "Dollar indeksi" amalda qo'llanish nuqtai nazaridan (asosiy valyuta jufti EUR/USD kabi, boshqa aktivlardan ham), undan foydalanishning asosiy yo'nalishini ajratish mumkin: Dollar indeksi bilan moliyaviy aktiv o'rtasidagi divergensiyani va konvergensiyani (ko'rsatkichlarning farqi va mos kelishini) aniqlash.

  • Agar Dollar indeksi o'ssa, u holda ko'shni (unga yaqin) moliya aktivida (masalan, Oltin, Neft) o'sish yuz beradi, bu savdo qilinayotgan moliyaviy aktivda narx harakati vektorining tez orada o'zgarishidan dalolat beradi. Shu jumladan, moliyaviy aktivga Dollar indeksining ham, narxining ham tushishi moliyaviy aktivda narxning tez orada o'zgarishi to'g'risida dalolat beradi.
  • Agar valyuta juftligining narx grafigida pastga tushuvchi narx harakati kuzatilsayu, "Evro indeksi" indikator chizig'i o'ssa, u holda bozorda ayni paytda narx ko'rsatkichlarining indikator ko'rsatkichlaridan farq qilishi (boshqacha aytganda divergensiya) kuzatiladi. Bunday holat, yakin orada valyuta jufti bo'yicha narxning ko'tarila boshlashini kutish haqida dalolat beradi.
  • Teskari holat: narx ko'tarilishida "Dollar indeksi" indikatorida pastga tushuvchi holatning shakllanishi kuzatilsa, bu valyuta jufti narxining tez orada pastga qarab o'zgarishidan dalolat beradi.

Muhim shart! Dollar indeksi indikatoridan foydalanishning muhim sharti - bu moliya bozorining qanday aktivlari Amerika dollariga mutanosib harakat qilishini,qandaylari uning narxi o'zgarishlari bilan bir xil yo'nalganligini tushinib etish demakdir.

Dollar indeksi indikatori

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback