empty
 
 

Buzilish (proboy) — buqa (ko'tariluvchi) trend vaqtida shakllanuvchi model, sotuvlarning boshlanishi to'g'risida xabar beradi. Ba'zida narxni ortiqcha sotilganlik hududiga kiritadi.

Mazkur figura uzun qora kun bilan ochiladi, undan keyin yana bitta qora kun keladi, uning shami oldingi kun bilan uzilishga ega. Shu pastga qarab uzilishdan so'ng keyingi uchta sham ancha past narxlarga qarab olib boradi.

Buzilish qora shamlardan iborat, bu kun qora ham, oq ham bo'lishi mumkin. Uzilishdan keyingi uch kun "Uchta qora qarg'a" modeliga o'xshaydi, chunki bu figuralarning maksimumlari va minimumlari pasayuvchi ketma-ketlikni hosil qiladi.

Oxirgi kun barcha oldingi kunlarni kichik qora jismlar bilan to'la qoplab oladi. Bu kuni yopilish figuraning birinchi va ikkinchi kunlari orasidagi uzilish orasida yuz beradi.

Ayiq buzilishi

Ayiq xarakteriga ega buzilish trend yo'nalishida uzilishga ega bo'lib, undan keyin uch kun keladi, ularning har biri ancha yuqori narxda bo'ladi. Ko'tariluvchi trendda oq uzun sham hosil bo'ladi. Keyingi kuni narxning yuqoriga uzilishi yuz beradi va yana bitta oq jism shakllanadi. Shundan so'ng ikki kun narxlarining ko'tarilishi keladi. Bu kunlar doim oq rangga bo'yalgan, bundan modelning uchinchi kuni yoki uzilishdan keyingi ikkinchi kun mustasno bo'lib, ular oq ham, qora ham bo'lishi mumkin. Bu yangi maksimumga erishish muhim.

Uchta kunning kunlik minimal darajalari uzilishidan so'ng avval kunlarning minimal narxlaridan yuqori bo'lishi kerak.

Modelning g'oyasi:

Narxlar trend yo'nalishida o'sish sur'atlarini orttiradi, bu esa ortiqcha sotilganlikka olib keladi. Oxirgi kun trendning qaytib burilishidan dalolat beradi, bunda yopilish narxi birinchi va ikkinchi kunlarning narx uzilishi ichida joylashadi.

Modelni qanday ajratib olish mumkin?

1. Birinchi kun doim uzun, uning rangi esa trendga mos keladi.

2. Ikkinchi kun ham shu rangda, uning shami esa trend yo'nalishida uzilish qiladi.

3. Uchinchi va to'rtinchi kunlar trendning mavjud yo'nalishini qo'llab-quvvatlaydi, ularning narxlari esa trend tomonga qarab o'sadi.

4. Beshinchi kun doim uzun va qarama-qarshi rangga ega. Bu kuni savdolar birinchi va ikkinchi kun shamlari orasida uzilishlar ichida yopiladi.

Modelning rivojlanish ssenariysi va modeli

Shuni yodda tutish muhimki, trend katta uzilish shakllangandan so'ng sur'atni oshiradi, keyin esa to'xtata boshlaydi, ammo bunda trendning yo'nalishini saqlab qoladi.

Bu model uchun trendning sekinlik bilan susayishi xosdir, qarama-qarshi yo'nalishda sakrash esa oxirgi uch kunda yuz berayotganlarni to'la izohlab beradi. Trendning qisqa muddatga burilishi paydo bo'lishi mumkin.

Modelning moslashuvchanligi

Modelning asosiy negizlari saqlanib turguncha u egiluvchan bo'ladi. Agar oxirgi kun dastlabki uzilishning ichida yopilsa, uzishidan so'ng uch kundan ortiq o'tishi mumkin. Biroq uzilishdan so'ng ikki kun ham o'tishi mumkin.

Modelning shakl almashinishi

Buzilish buqa modeli to'qmoqqa aylanishi mumkin. Uni to'qmoq sifatida belgilash mumkin bo'lishi uchun redutsiyalangan shamning pastki soyasi jism uzunligidan ikki marta uchun bo'lishi kerak. Agar ikkinchi kun uzilishi katta va uchinchi hamda to'rtinchi kunlar ancha past narxlar bilan kuzatilsa, shunday bo'lishi mumkin.

Buzilish ayiq modeli uning narx diapazonining pastki qismida oq tanali uzun oq shamga keltiriladi. Bu figura tushayotgan yulduzga aylana olmaydi, chunki ikkinchi kuni hosil bo'ladigan nihoyatda katta uzilishga va narxlarning keyingi oshishi kuzatiladi.

Turdosh modellari yo'q.

Buqa buzilishi
Buqa buzilishi
Ayiq buzilishi
Ayiq buzilishi

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback