Pul Oqimi Indeksi Texnik Indikatori (Money Flow Index, MFI) pullarning qimmatli qog'ozga qanday jadallikda qo'yilishi yoki undan chiqarilishini ko'rsatadi. Indikatorning tuzilishi va izohlanishi Relative Strength Indexga o'xshash, farqi faqat shundaki, MFIda hajm ham hisobga olinadi.
Money Flow Indexni tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
indikator va narxlarning harakati o'rtasidagi farqni. Agar narxlar ortsa, Money Flow Indexni qiymati kamaysa (yoki aksincha), u holda narxlarni burilishi ehtimoli katta bo'ladi;
Money Flow Indexning qiymati 80 dan yuqori va 20 dan past bo'lishi mos ravishda bozorning imkoniyatli cho'qqisi va asosi to'g'risida signal beradi.
Hisoblash
Money Flow Index texnik indikatori qiymatini hisoblash bir necha bosqichdan iborat. Avval mazkur davrning umumiy narxi (Typical Prise, TP) aniqlanadi:
TP = (HIGH + LOW + CLOSE)/3
Keyin pul oqimining miqdori hisoblanadi (Money Flow, MF):
MF = TP * VOLUME
Agar bugungi umumiy narx kechagi narxdan yuqori bo'lsa, u holda pul oqimi musbat deb hisoblanadi. Agar bugungi umumiy narx kechagidan past bo'lsa, u holda pul oqimi manfiy deb hisoblanadi.
Musbat pul oqimi (POSITIVE MONEY FLOW) bu - tanlab olingan davr ichida musbat pul oqimlarining qiymatlari yig'indisi. Manfiy pul oqimi (NEGATIVE MONEY FLOW) bu - tanlab olinga davr ichida manfiy pul oqimlarining yig'indisi.
Keyin musbat pul oqimini manfiy pul oqimiga bo'lish yo'li bilan pul nisbati (money ratio, MR) aniqlanadi:
MR = Positive Money Flow (PMF)/Negative Money Flow (NMF)
Va, nihoyat, pul nisbati yordamida pul oqimlari indeksi hisoblab chiqiladi:
MFI = 100 - (100 / (1 + MR))
Bu yerda:
HIGH — joriy barning maksimal narxi;
LOW — joriy barning minimal narxi;
CLOSE — joriy barning yopilish narxi;
VOLUME — joriy barning hajmi.
The InstaForex Analyst Team
GK InstaFintech © 2007-2024