empty
 
 

Schaff Trend Cycle indikatorini 2008 yilda Dag Shaf (Doug Schaff) ishlab chiqqan. U, valyuta trendlari siklik holda tezlashadi va sekinlashadi degan taklifni kiritdi.

Hisoblash formulasi

1. Sirpanuvchi o'rtacha qiymatlar (23 va 50 kun qiymatlari) va MACD indikator hisoblab chiqiladi.


EMA1 = EMA(Close, ShortLength);

EMA2 = EMA(Clost, LongLength);

MACD = EMA1 – EMA2;


2. 10-davrli Stochastic indikatorining MACD indikatordan qiymatlar (Schaff Trend Cycle indikatori tsikllari) hisoblab chiqiladi.


%K(MACD) = %KV(MACD, 10);

%D(MACD) = %DV(MACD ,10);

Schaff = 100 * (MACD – %K(MACD)) / (%D(MACD) – %K(MACD));

Savdoda qo'llanilishi

Schaff Trend Cycle texnik indikatori o'zining ishlash printsipiga ko'ra tsikllarga asoslangan va stoxastik ostsillyator, shuningdek MACD indikatori printsiplariga tayanuvchi ostsillyator hisoblanadi. Mazkur indikatorning ishlash natijasi shundan iboratki, u narx shavqinining mayda davrlari to'plamini inobatga olmay, keskin yo'naltirilgan narx sakrashlarinidan ta'sirlanadi.

Indikator muallifining kontseptsiyasiga muvofiq ma'lum vaqt o'rgandan so'ng valyuta bozorlarida trend rivojlanishining dastlabki nuqtasiga qaytib keladi, uning keyingi harakatlari tsiklik takrorlana boshlaydi. Shunday qilib, Forex bozoridagi narxlarning harakatlarida ma'lum bir sikl o'rinli bo'lib, uni metatreyder uchun Schaff Trend Cycle indikatori aniqlab beradi.

Indikatorni yaratishda sikllarni hisobga olishdan tashqari trendning rivojlanish vaqtini baholash uchun ikkita turlicha yondashuv - silliq stoxastik ostsillyator va MACD ning qo'shilishidan foydalanilgan edi.

Schaff Trend Cycle texnik indikatorini qo'llangan holda Forex birjasida savdo qilishning asosiy metodikasi valyuta aktivini sotishda indikatorning chizig'ining 75% darajadan pastga kesishishda va xarid qilishda 20% darajani yuqoriga kesib o'tishda hisoblanadi.

Shuningdek kontseptsiyaning muallifi signallarni filtrlashning quyidagi uslubini taklif etdi: agar signal bardan keyingi bar avvalgisidan maksimum darajasidan yuqoriroqda yopilsa, u holda bu narx harakatidagi katta ehtimollik, va buning natijasida xaridlar to'g'risida dalolat beradi. Sotuvga signal (belgi) teskari holat, ya'ni signal bardan keyin keluvchi bar avvalgi barning minimumi darajasidan yopilganda bo'ladi. Bu sotuvlardan katta foyda tushishidan dalolat beradi.

Schaff Trend Cycle indikatori

InstaForeks Schaff Trend Cycle indikatorining parametrlari

MAshort = 23

MAlong = 50

Cycle = 10

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback