empty
 
 

Sirpanuvchi o'rtachalarning "yaqinlashishi/uzoqlashishi" texnik indikatori (MACD) 1979 yilda Djerald Appel tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, tovar-xomashyo va fond birjalaridagi ishlarda qo'llanilar edi. MACD texnik tahlil ossillyatorlari qatoriga kiradi va keyinchalik qayta ishlangan — MACD gistogrammasi vesiyasining birinchi variantini ifoda etadi. Biroq u oddiyliga va signallarni shakllantirishda aytarli "shovqinlarning" yo'qligi bilan hozirgacha ko'plab treyderlar tomonidan sevimli hisoblanadi.

Hisoblash formulasi

MACD = (ЕМАs(P) – EMAl(P)),

Signal = SМАa(ЕМАs(P) – EMAl(P)), bu yerda


EMAl(P) — narx bo'yicha uzun davrli eksponentsial sirpanuvchi o'rtacha;

EMAs(P) — narx bo'yicha qisqa davli eksponentsial sirpanuvchi o'rtacha;

SMAa(P) — qolgan ikkita o'rtachalarning narxlari bo'yicha qisqa davrli silliqlashtiruvchi sirpanuvchi o'rtacha;

P — close narxi.

Savdoda qo'llanilishi

MACD klassik bozor ostsillyatori fletli harakatlar davrida ham, yo'naltirilgan trendda ham bir hil darajada ishlaydigan indikatorlar sirasiga kiradi. Mutlaqo yon tomondagi narx o'zgarishlari vaqtida qo'llaniladigan Stoxastik ossillyatorga qaraganda MACD uni treydingda foydalanish masalasida multivariativ hisoblanadi.

MACD shakllantiradigan bosh signal indikatorning asosiy chizig'i bilan kesishi hisoblanadi. Signal chizig'i (qizil chiziq) asosiy chiziq (ko'k chiziq)ni pastdan yuqoriga qarab kesib o'tgan hollarda uchuz pozitsiyalarni ochish uchun qulay payt sifatida baholanadi. Yo'naltirilgan trendda bitimni yopishni indikator chiziqlarini teskari tomonga kesib o'tishida amalga oshirish zarur.

Agar qizil qiziq ko'k chiziqni yuqoridan pastga qarab kesib o'tsa, u holda qisqa pozitsiyalarni ochishga signal paydo bo'ladi. Yo'naltirilgan trendda bitimning yopilishini indikator chiziqlarining teskari tomonga kesishida amalga oshirish zarur.

MACD klassik indikatori divergensiya va konvergensiya signallari asosidagi nuqtai nazardan ko'rgazmali bo'lib hisoblanmaydi. Buning uchun MACD gistogrammasidan foydalangan yaxshi.

MACDning standart, optimallashtirilmagan sozlashlari bilan ishlashda H4, Daily, Weekly taymfreymlari optimal hisoblanadi.

MACD indikatori

InstaForeks 3lineMacd indikatorining parametrlari

FastEMA = 12

SlowEMA = 26

SignalSMA = 9

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback