empty
 
 

TVI indikatori 1995 yilda Uilyam Blau (William Blau) tomonidan ishlab chiqilgan va uning "Momentum, Direction and Divergence" kitobida mufassal tavsiflab berilgan edi. Mazkur ostsillyator juda yaxshi axborot indikatori hisoblanib, u bozorga kirish paytini, shuningdek trendning yo'nalishini va juda ko'p boshqa parametrlarni aniqlashga imkon beradi. Ostsillyatorning xususiyati shundaki, u narx asosida emas balki tik hajmlar asosida hisoblanadi.

Ҳисоблаш формуласи

TVI = 100 * ((DEMA(upticks) - DEMA(downticks))/( DEMA(upticks) + DEMA(downticks)))

Savdoda qo'llanilishi

TVI indikatori faqatgina bitimga kirish va undan chiqish joyini aniqlashgagina imkon bermay, balki trendning yo'nalishini, shuningdek ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik signallarini aniqlashga imkon beradi.

Bozorda umumiy ko'tarilish an'anasi kuzatilayotganda va TVI indikatori bari rangini qizildan ko'kka almashtirganda aktivlarni sotib olish kerak, chunki bundan keyin narx umumiy kutariluvchi trend doirasida ortishi mumkin. Indikator rangining o'zgarishi - bu boorga kirish uchun belgidir.

Bozorda umumiy pastga tushuvchi holat kuzatilganda va TVI indikatori bari rangini ko'kdan qizilga o'zgartirganda, aktivlarni sotish kerak, chunki bundan keyin narx umumiy tushuvchi trend doirasida pasayishi mumkin. Indikator rangining o'zgarishi bu bozorga kirish uchun signaldir.

Bozordagi holatni aniqlovchi sifatida gistogrammani aylanib o'tuvchi indikatorning asosiy chizig'i ishtirok etadi.

Asosiy chiziq nol darajani yuqoridan pastga tomon kesib o'tsa, u holda bozordagi trend pastga tushuvchiga o'zgaradi. Indikatorning asosiy chizig'i nol daraja chizig'ini pastdan yuqoriga tomon kesib o'tganda - trend ko'tariluvchiga o'zgaradi.

Bundan tashqari, bu trend avtomatik tarzda aniqlanadi va uning yo'nalishini indikator darchasining chap yuqori burchagida ko'rish mumkin: "up" grafik ochilgan taymfreymda trendning ko'tarilishni, "down" — esa pasayishni anglatadi.

Agar gistogrammaning o'ng cho'qqisi chapdagisidan pastroq bo'lib qolgan holda va bunda narx tusha boshlaganda - bozorda divergensiya kuzatilib, u narxning tez pastga qarab tushishi to'g'risida ogohlantiradi. Gistogrammaning o'ng cho'qqisi chapdagidan yuqoriga ko'tarilgan holatda va bunda narx o'sganda - bozorda konvergensiya kuzatilib, u tez orada narxning yuqoriga ko'tarilishi to'g'risida ogohlantiradi.

TVI indikatori

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback