empty
 
 

Texnik tahlilda darajalarning mazkur konsepsiyasi 1995 yilda TomasMyurrey ( T. Henning Murrey ) tomonidan ishlab chiqilgan va uning "The Murrey Math Trading System; For All Markets" kitobida tavsiflangan edi. Geometrik chiziqlarni tahlil qilish asosi uchun muallif U. Ganning ishlanmalaridan foydalandi. Hozirgi vaqtda Myurrey darajalari Foreks bozorida tahlil qilish va savdo qilishning eng mashhur metodlaridan biri bo'lib hisoblanadi.

Hisoblash formulasi

Myurrey darajalari narxlar harakatining kesmasi asosi hisoblanib, u Gann nisbatlariga muvofiq 9 qismga bo'linadi. Shunday qilib, indikator quyidagicha nisbatlarga ega bo'lgan 9 ta darajani tashkil etadi: 0%, 12.5%, 25%. 37.5%, 50%. 62.5%, 75%. 87.5%, 100%.

Savdoda qo'llanilishi

Myurrey darajalari kompyuter indikatori kompleks indikator bo'lib, uni mustaqil ravishda ham, texnik tahlilning boshqa metodlari bilan birgalikda ham qo'llanishi mumkin. U Rossiyada juda keng ommalashib ketdi.

Indikatorda bir necha daraja bor: birinchi daraja 0/8, oxirgisi — 8/8. Darajalarning har bir xususiy ishlash sharoitlariga ega: ma'lum darajalar qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish sifatida yaxshi ishlaydi, boshqalari esa narx uchun magnit sifatida ishlaydi.

1/8 daraja. Kuchsiz daraja. Agar narx pastga qarab xaddan tashqari tez harakatlansa va u shu daraja yonida to'xtasa, demak orqaga burilish va yuqori tomon korreksiyaning ehtimoli yuqoridir. Agar narx bu daraja yonida to'xtamasa, u harakatini 0/8 belgigacha davom ettiradi.

2/8 va 6/8 darajalar. Bu ikki daraja narx harakatini to'la orqaga burib yuqorish qobiliyati bo'yicha faqat 4/8 (qo'llab-quvvatlash va qarshilik ko'rsatish) muhim darajadan orqaga qoladi.

3/8 daraja. Agar narx yuqoriga qarab 3/8 darajani teshib o'tsa va undan yuqorida 2 savdo haftasi davomida turib qolsa, demak, narx bu darajadan yuqorida qoladi va 3/8 va 5/8 darajalar o'rtasidagi oraliqda harakatlanib, ma'lum bir vaqt qismini sarflaydi.

4/8 daraja. Bu daraja muhim hisoblanadi va eng yaxshi qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatishni ta'minlaydi.

5/8 daraja. Agar narx bu daraja atrofida harakatlansa va uning yonida 2 ta savdo haftasi davomida qolsa, savdo qilishnitng optimal varianti 3/8 va 5/8 darajalari orasidagi sohada sotish hisoblanadi. Agar narx 5/8 darajadan pastga tushsa, u ko'proq qarshilikning keyingi darajasigacha pastga tushishda davom etadi.

7/8 daraja. Bu qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatishning kuchsiz darajasi. Agar narx pastga qarab xaddan ortiq tez harakatlansa va u shu daraja atrofida to'xtasa, demak burilib qaytishning va pastga tomon korreksiyaning ehtimoli yuqori bo'ladi. Agar narx bu daraja yaqinida to'xtamagan bo'lsa, u harakatini yuqoriga 8/8 darajaga tomon davom ettiradi.

8/8 va 0/8 darajalar. Bu darajalar eng kuchli va quvvatli qarshilik ko'rsatish va qullab-quvvatlashni ko'rsatishadi.

Myurrey darajalari

InstaForex Murrey Math indikatorining parametrlari

P = 64

MMPeriod = 1440

StepBack = 0

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Widget callback